O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Taniqli va voiz ulamolar Samarqand shahridagi masjidlarda jamoatga ilmiy suhbat qilib berishmoqda (Fotolavha)

 
 

Oldin xabar qilganimizdek, bugun, 25 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari boshchiligidagi bir guruh taniqli ulamolarning Samarqand viloyatiga tashrifi boshlandi.

Safar davomida taniqli va voiz ulamolar jome masjidlarda ilmiy-ma'rifiy suhbatlar o‘tkazishmoqda, ularda hudud ahlini yurtimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar mazmun-mohiyati haqida xabardor qilish bilan bir qatorda, ularning dardu tashvishlariga ko‘maklashish, fikr-mulohazalarini tinglash va diniy sohaga tegishli muammolarini joyida o‘rganib, bartaraf etishmoqda.

Quyida ulamolarimiz peshin namoziga Samarqan shahridagi masjidlarga tashrif buyurib, jamoat ilmiy-ma'ruza qilgani aks etgan fotolavhalar bilan tanishishingiz mumkin.

Alloh taolo ulamolarimizning tashriflarini xayrli va manfaatli qilsin!

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 30/07/2022 08:11;   Ko‘rilganligi: 780
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/taniqli-va-voiz-ulamolar-samarqand-shahridagi-masjidlarda-jamoatga-ilmiy-suhbat-qilib-berishmoqda-fotolavha
Chop etilgan vaqti: 11/10/2025 11:14
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing