O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

SHAYX ABDULAZIZ MANSUR HAZRATLARI SAMARQANDDA

 
 

Muborak Ramazon oyi yurtimiz bo‘ylab ko‘tarinki ruhda, o‘zgacha tarovat ila davom etmoqda. Yurtdoshlarimiz go‘zal va shinam masjidlarda emin-erkin, tinchlik-xotirjamlikda ibodatlarni amalga oshirmoqdalar. Har bir namozxon qalbida rozilik, shundayin diyorni nasib etgan, uni ofiyatu noz-ne’matlar bilan o‘ragan Alloh taologa shukuronalik jo‘sh urub turubdi.

Shundayin muborak damlarda samarqandliklar yana bir xursandchilik, yana bir faraxbaxsh damlarga musharraf bo‘lishdi. 10 iyun Ramazon oyining 5- kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur hazratlari Samarqandga tashrif buyurdilar.

Hadis ilmining sultoni, muhaddislar imomi qo‘nim topgan Imom Buxoriy majmuasiga kelgan shayx hazratlari, bu dargohga so‘ngi paytlarda amalga oshirilgan bunyodkorlik, obodonchilik ishlari bilan yaqindan tanishdilar. Safar juma kuniga to‘g‘ri kelgani e’tiboridan aziz mehmon Imom Buxoriy jome masjidida juma namozini ado etib, uzoq-yaqindan kelgan namozxonlarga pandu-nasihatlar qildilar.

Taroveh namozini Samarqand shahridagi “Qo‘shbaqqoli” jome masjidida ado etgan shayx hazratlari u yerda bo‘layotgan xatmi Qur’on va namozxonlar kayfiyati bilan tanishib, tinchlik va osoyishtalik ne’mati, shukronalik, farzandlarimizni komil inson etib tarbiyalash, ularni turli yot g‘oyalar ta’siridan saqlash kabi dolzarb mavzularda haqida so‘z yuritdilar.

Tashrif davomida yig‘inlarda Ramazon oyi fazilati, bu oyning Qur’on oyi deyilishining sababi, unda qilinishi, e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida tushuntirish berib o‘tdilar. Samarqand viloyatida olib borilayotgan ulkan o‘zgarishlar yanada ravnaq topishi, el-yurt tinchligi va mamlakat obodligi, hayotimiz yanada farovon bo‘lishini tilab duoi xayrlar qildilar.


O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 11/06/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 5004
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/shayx-abdulaziz-mansur-hazratlari-samarqandda
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 15:16
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing