O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

SERTIFIKATLAR TOPSHIRILDI

 
 

Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan otinoyilarining bilim va saviyasini yanada oshirish, ularni yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlardan xabardor etish hamda ish jarayoniga ma'suliyat bilan yondashish maqsadida 2019 yil 16 sentyabrdan boshlab 2 hafta (72 soatlik) malaka oshirish o‘quvlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

10-davra. 2020 yil 27-yanvardan 2020 yil 8-fevralgacha O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filialida otinoylar uchun tashkil etilgan o‘quv kursi vaqtincha O‘MI Samarqand viloyati vakilligi binosida reja bo‘yicha dars mashg‘ulotlari soat 900dan 1320gacha olib borildi.

10-davra o‘quv mashg‘ulotlarida Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on, Urgut tumanlari hamda Samarqand shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan 32 nafar otinoyilar o‘quv mashg‘ulotlarida faol ishtirok etishdi.

O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishda Samarqand viloyati hokimligi, Viloyat Adliya boshqarmasi, Oila ilmiy-amaliy markazi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filiali, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Hadis ilmi maktabining malakali professor-o‘qituvchilari jalb etildi. O‘quv mashg‘ulotlari muammoli ma'ruza, seminar-trening va davra suhbati kabi interfaol metodlar, shuningdek zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda olib borildi.

Rejaga muvofiq malaka oshirish o‘quvlari bo‘yicha yakuniy test sinovlari o‘tkazildi. Test sinovlarini O‘XIA huzuridagi Malaka oshirish markazi mas'ul xodimi O‘.Sattorov, mintaqaviy filial xodimlari T.Evadullayev, D.Qosimov va Samarqand viloyati  bosh otinoyisi N.Temirovalar tomonidan olib borildi. Test sinovlarida 32 nafar otinoyilar to‘liq ishtirok etishdi va quyidagicha baholandi.

Test natijalariga ko‘ra tinglovchilarning 30 nafari a'lo, 1 nafari yaxshi, 1 nafari qoniqarli bahoga loyiq deb topildi.

O‘XIA huzuridagi Malaka oshirish markazi mas'ul xodimi O‘.Sattorov, mintaqaviy filial xodimlari T.Evadullayev, D.Qosimov va Samarqand viloyati bosh otinoyisi N.Temirovalar ishtirokida tinglovchilarga 72 soatlik “Islomshunoslik” kursini muvaffaqqiyatli tugatganliklari to‘g‘risida 32 nafar otinoyilarga O‘XIA huzuridagi Malaka oshirish markazining maxsus sertifikatlari topshirildi.

N.TEMIROVA - O‘MI Samarqand viloyati vakilining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi 

              


Kiritilgan vaqti: 10/02/2020 10:02;   Ko‘rilganligi: 1008
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/sertifikatlar-topshirildi
Chop etilgan vaqti: 12/10/2024 15:18
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing