O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Sarhisob tanlovi g‘oliblari aniqlandi

 
 

Ma’lumki, har yili an’anaviy tarzda istiqlol yillari mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni keng targ‘ib etish, tinchlik va osoyishtalikni qadrlash, dinlararo bag‘rikenglik va hamkorlik g‘oyalarini ommalashtirish, xalqimiz, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodni yot g‘oyalardan himoya qilishda faollik ko‘rsatgan ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va munosib rag‘batlantirish maqsadida «Sarhisob» tanlovi o‘tkazilib kelinmoqda.

Ushbu an’anaga muvofiq tarzda bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasida ushbu tanlovning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent islom universiteti hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov nutq so‘zladi. Ma’ruzachilar tomonidan ushbu tanlovning ko‘lami yanada kengayib, ishtirokchilar sonining ortgani, shunga monand ijodiy ishlarning sifati va saviyasi ham oshgani qayd etildi.

Televideniye, radio, matbuot va Internet yo‘nalishlarida eng yaxshi deb topilgan ijodiy ishlarning mualliflari hamda ushbu yo‘nalishda alohida namuna ko‘rsatgan targ‘ibotchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha maxsus diplom va tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari bilan mukofotlandilar:

Matbuot yo‘nalishi bo‘yicha:

1-o‘rin Ibrohim Usmonov (Toshkent islom universiteti prorektori);

2-o‘rin Olimxon Yusupov (Imom Buxoriy xalqaro markazi xodimi);

3-o‘rin Davron Nurmuhammad («Movarounnahr» nashriyoti xodimi).

Rag‘batlantiruvchi mukofotlar:

Umidjon Xodjayev (O‘zbekiston musulmonlari idorasi xodimi);

Miyasar Kabulova («Istiqlol va qonun» gazetasi bo‘lim bosh muharriri);

Azamat Usmonov (Qashqadaryo viloyati «Fazli» masjidi imom-xatibi).

Televideniye yo‘nalishi bo‘yicha:

1-o‘rin Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti;

2-o‘rin Sharifa G‘aniyeva («Ziyo» studiyasi muharriri);

3-o‘rin Nasim Muinov («Oilaviy» telekanali rejissyori).

Rag‘batlantiruvchi mukofotlar:

Jasur Raupov (Toshkent shahar «Nosirxon» masjidi imom-xatibi);

Odil Anvarov (Oqqo‘rg‘on tumani bosh imom-xatibi);

Madrahim Turdiyev (Buxoro viloyati «Istiqlol» televideniyesi jurnalisti).

Internet yo‘nalishi bo‘yicha:

1-o‘rin Odilxon Ismoilov (Toshkent shahar «Shayx Zayniddin» masjidi imom-xatibi, muxlis.uz Internet manzili muharriri);

2-o‘rin Zoirjon Sodiqov (O‘MI Toshkent shahar vakilligining vakillik.uz, minor.uz Internet manzillari yurituvchisi);

3-o‘rin G‘iyosiddin Baratov («Ko‘kaldosh» o‘rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi).

Rag‘batlantiruvchi mukofotlar:

Mirodil Mirjalilov (Qibray tumani «Do‘rmon» masjidi imom-xatibi);

Muhammadi Karayev («Xoja Buxoriy» o‘rta maxsus islom bilim yurtining ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha mudiri muovini);

Yoqubjon Buxorboyev (Bekobod tumani «Chanoq» masjidi imom-xatibi).

Radio yo‘nalishi bo‘yicha:

1-o‘rin Ilhom Marupov («Movarounnahr» nashriyoti muharriri);

2-o‘rin Abror Akbarov («O‘zbekiston» teleradiokanali muharriri);

3-o‘rin Shohrux Hojiboyev («Ziyo» studiyasi videomuhandisi).

Rag‘batlantiruvchi mukofotlar:

Shohista Tolipova («Ruxsor» teleradiokanali muharriri);

Isomiddin Ahrorov (Toshkent shahar «Oqilon» masjidi imom-xatibi).

Yilning eng faol targ‘ibotchisi:

1-o‘rin Jaloliddin Hamroqulov (Toshkent shahri «Novza» masjidi imom-xatibi);

2-o‘rin Behzod Soipov (Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimi);

3-o‘rin Shovosil Ziyodov (Imom Buxoriy xalqaro markazi direktori).

Rag‘batlantiruvchi mukofotlar:

Uyg‘un G‘ofurov (Toshkent Islom instituti rektori);

Komiljon Burhonov (O‘MI bo‘lim mudiri);

Komiljon Shermuhamedov (Toshkent islom universiteti Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy kotibi).

Diniy-ma’rifiy mavzudagi eng yaxshi ijodiy ish uchun bosh mukofot O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Hidoyat sari» ko‘rsatuvi tahririyatiga nasib etdi.

G‘oliblar tanlov tashkilotchilariga o‘z minnatdorliklarini izhor etib, ushbu yuksak baho ularni diniy-ma’rifiy sohadagi ijodiy ishlarini yanada faollashtirishga undashini ta’kidladilar. Tadbir doirasida nashriyotlar tomonidan chop etilgan adabiyotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

“MUSLIM.UZ”dan

Tanlovda “Matbuot yo‘nalishi” bo‘yicha 2 o‘rinni qo‘lga kiritgan Oqdaryo tuman “Maxdumi A’zam” jome masjidi imom xatibi hamda Imom Buxoriy xalqaro markazi bo‘lib boshlig‘i Olimxon Yusupovni yutuq bilan muborakbod etamiz va minnatdorchilik bildiramiz.


Kiritilgan vaqti: 27/12/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 3239
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/sarhisob-tanlovi-goliblari-aniqlandi
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 10:06
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing