O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqandlik ziyoratchilar jo‘nab ketdi

 
 

Alloh taologa beadad hamdu sanolar bo‘lsin, Yurtimizda umra ibodatiga keng yo‘l ochilib, Baytullohni tavof qiluvchilar soni kundan-kunga ortib bormoqda. Umra ibodatining o‘ziga xos bir qancha fazilatlari bor. O‘shalardan biri gunohlarning o‘chirilishidir.

Abu Hurayra roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilib aytadi:

قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : “العمرة إلى العمرة كفارة لما بينهما، والحج المبرور ليس له جزاء إلا الجنة

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: “Bir umra keyingi umragacha bo‘lgan oraliqdagi gunohlarga kafforatdir. Mabrur hajning mukofoti esa faqat jannatdir!” (Imom Buxoriy).

Samarqand viloyatidan shu yilning 26 fevral kuni bir guruh umrachilar Jidda shahriga parvoz qilgan edilar. 8 mart tongida esa Samarqand viloyatidan yana 94 nafar umra ziyoratini niyat qilgan fuqarolar Jidda shahriga parvoz qiladilar. Shu munosabat bilan bugun viloyat vakilligi binosida ularni safarga kuzatish maroisimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat bosh imom xatibi Z. Eshonqulov hamda mutasaddi tashkilot vakillari va ziyoratchilarning yaqinlari qatnashdi. Ilohim, Umra ibodatingizni Alloh taolo qabul qilib, xatolarning o‘chirilishiga sabab bo‘lsin. Safaringiz bexatar bo‘lsin aziz yurtdoshlar!

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 07/03/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 1225
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/samarqandlik-ziyoratchilar-jonab-ketdi
Chop etilgan vaqti: 09/11/2024 01:46
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing