O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqandlik imom-xatiblar oliy Ma'had talabalari bilan uchrashdi.

 
 

18 yanvar kunidan boshlab O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi viloyat, tuman va shahar bosh imom-xatiblari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ikki xaftalik malaka oshirish o‘quv kursini boshlangan edi.

Bugun akademyada o‘z bilim va malakalarini oshirayotgan imom-xatiblar  Islom institutida bo‘lib talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov so‘zga chiqib, Ma'had talabalariga kelgusi faoliyatlarida e'tibor qaratishlari lozim bo‘lgan jihatlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Jumladan, Bugungi kunda imom-xatib beparvo bo‘lishi mutlaqo mumkin emas. Mas'uliyatni his qilishi, buzg‘unchi oqimlar targ‘ib etayotgan g‘oyalarga qarshi Ahli sunna val-jamoa, Moturiridiya ta'limoti, Hanafiy mazhabi asoslarida ilmiy raddiyalar bera olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi zarur”, deb aytib o‘tdi.

Shuningdek, kelgusida imom-xatiblik vazifasida faoliyat yuritish niyatida bo‘lgan yoshlarga imom-xatiblarning vazifalari, ushbu yo‘nalishda ko‘p uchrab turadigan muhim masalalar bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Eslatib o‘tamiz malaka oshirish o‘quvinig ushbu bosqichida viloyat bosh imom-xatibi bilan birgalikda Samarqand, Kattaqo‘rg‘on shaharlari va Narpay, Tayloq, Qo‘shrobod, Oqdaryo, Ishtixon tumanlarining bosh imom-xatiblari qatnashmoqda.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 26/01/2021 18:30;   Ko‘rilganligi: 1244
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/samarqandlik-imom-xatiblar-oliy-mahad-talabalari-bilan-uchrashdi
Chop etilgan vaqti: 23/11/2025 13:56
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing