Samarqandlik imom-xatiblar oliy Ma'had talabalari bilan uchrashdi.

18 yanvar kunidan boshlab O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi viloyat, tuman va shahar bosh imom-xatiblari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ikki xaftalik malaka oshirish o‘quv kursini boshlangan edi.
Bugun akademyada o‘z bilim va malakalarini oshirayotgan imom-xatiblar Islom institutida bo‘lib talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov so‘zga chiqib, Ma'had talabalariga kelgusi faoliyatlarida e'tibor qaratishlari lozim bo‘lgan jihatlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Jumladan, “Bugungi kunda imom-xatib beparvo bo‘lishi mutlaqo mumkin emas. Mas'uliyatni his qilishi, buzg‘unchi oqimlar targ‘ib etayotgan g‘oyalarga qarshi Ahli sunna val-jamoa, Moturiridiya ta'limoti, Hanafiy mazhabi asoslarida ilmiy raddiyalar bera olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi zarur”, deb aytib o‘tdi.
Shuningdek, kelgusida imom-xatiblik vazifasida faoliyat yuritish niyatida bo‘lgan yoshlarga imom-xatiblarning vazifalari, ushbu yo‘nalishda ko‘p uchrab turadigan muhim masalalar bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Eslatib o‘tamiz malaka oshirish o‘quvinig ushbu bosqichida viloyat bosh imom-xatibi bilan birgalikda Samarqand, Kattaqo‘rg‘on shaharlari va Narpay, Tayloq, Qo‘shrobod, Oqdaryo, Ishtixon tumanlarining bosh imom-xatiblari qatnashmoqda.





O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 26/01/2021 18:30; Ko‘rilganligi: 1243
Chop etilgan vaqti: 23/11/2025 12:26





















