O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

SAMARQANDLIK BARCHA HOJILAR HAJ ZIYORATINI ADO ETIB VATANGA QAYTISHDI

 
 

2016 yilgi haj mavsumi ham tobora nihoyalanib bormoqda. Samarqand viloyatidan borgan hojilarning barchasi Islom dinining beshinchi ruknini ado etib, sog‘-omon yurtimizga qaytib kelishdi.

21 hamda 23 sentyabr kunlari Muqaddas Makka va Madina zaminidan qaytayotgan qutlug‘ insonlar Samarqand xalqaro aeraportida viloyat hokimligi mutasaddilari, O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi xodimlari va hojilarning yaqinlari tomonidan yuqori hurmat-ehtirom bilan kutib olindi.

Hojilar yuzida esa islomning beshinchi rukni ado etilgani fayzi, shukronalik hissi va yurt sog‘inchi ifodasi ko‘rinib turardi.

Ko‘tarinki kayfiyatda qaytgan ziyoratchilarimiz yuqori saviyada tashkil etilgan ziyorat uchun barcha tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirdilar.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 23/09/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 2829
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/samarqandlik-barcha-hojilar-haj-ziyoratini--ado-etib-vatanga-qaytishdi-
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 00:18
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing