Samarqand viloyati ulamolari Metropoliten qurilishida vafot etganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi
18 dekabr kuni Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘lining yangi qurilayotgan qismida yer o‘pirilishi oqibatida 6 nafar yurtdoshlarimiz qurbon bo‘lgan edilar.
Ularning ikki nafari Samarqand viloyatidan bo‘lib, ular Oqdaryolik Ixtiyor Rahmatov va Pastdarg‘omlik Zarif Karimovlardir. Ushbu fojiada halok bo‘lganlarning haqlariga duolar qilish, mag‘firat so‘rash va yaqinlariga tasalli berish barchamizning insoniy burchimizdir. Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov va viloyatdagi bir guruh ulamolar mazkur xonadonlarda bo‘lib, marhumlarning yaqinlari va oila a'zolariga hamdardlik bildirdi. Qur'on tilovati qilinib, Yaratgan Parvardigordan halok bo‘lganlarning solih amallarini o‘zlariga hamroh qilishini, gunohlarini mag‘firat etishini, yotgan joylarini jannat bog‘laridan bir bog‘ qilishini iltijo qilib so‘raldi. Marhumlarning oila a'zolari va yaqinlarining musibatlariga sherik ekanliklarini bildirgan holda ularga sabru jamil tilab, o‘tganlarning haqlariga doimo duoda bo‘lishlarini bildirdilar.
O‘MI - Samarqand viloyati vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 24/12/2019 18:15; Ko‘rilganligi: 821
Chop etilgan vaqti: 18/09/2024 00:52