Samarqand viloyati faoliyat olib borayotgan mahalla mullolari uchun o‘quv seminari tashkil etildi
Ma'lumki muhtaram Prezidentimiz Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tashkil etilishini ma'lum qilgan edi. Shu bois 17 fevral kuni Samarqand viloyati bosh imom-xatibligi viloyat hokimligi hamkorligida mahallalarda faoliyat olib borayotgan mahalla mullalarini viloyatdagi mahallalarga biriktirib, mahalladagi har-bir xonadon bilan yaqindan tanishib chiqishi va muammoli xonadonlar bilan alohida tartibda ishlarini yo‘lga qo‘yishi uchun ularning oldilariga vazifalarni belgilab berdi.
Bundan tashqari yoshlarni turli yot g‘oyalardan himoya qilishda mahalla mullalarining o‘rni, bid'at-xurofotlar va folbinlikning salbiy oqibatlari, diniy marosimlarni (turli ehsonlar, mavlid marosimlari, janozadan keyingi marosimlar, iftorliklar) isrofgarchiliksiz, amalga oshirishlari to‘g‘risida ko‘rsatmalar berildi.
Mahalla mullalariga bu borada bir kunlik o‘quv-seminar tashkil qilindi. Endi shu kabi o‘quv-seminarlarni har bir chorakda tashkil qilib, yil davomida olib borilishiga kelishib olindi
Seminar yakunida mahalla mullalarining bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirishlarida ko‘makchi bo‘lishi uchun islom dini ta'limotining boshlang‘ich o‘quv qo‘llanmasi hisoblangan “Men ham namoz o‘qiyman” risolasi taqdim etildi.
Ma'ruzalardan so‘ng ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha javoblar oldi. Bir so‘z bilan aytganda seminar manfaatli, mazmunli va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Seminar nihoyasida yig‘ilganlar ana shunday o‘quv seminarlarini bardavom bo‘lishini so‘rab duolar qilishdi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 17/02/2022 15:39; Ko‘rilganligi: 809
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 03:49