Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Kattaqo‘rg‘on tumanida bo‘ldi
Bugun, 22 oktyabr kuni Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Kattaqo‘rg‘on tumanida bo‘ldi. Tashrif avvalida “Mehr-2” insonparvalik operatsiyasi orqali vatanga qaytarilgan bolalar bilan uchrashib, ularga o‘quv qurollari va turli xil o‘yinchoqlarni hadiya qildi.
Shundan so‘ng viloyat bosh imom-xatibi “Tarnov” jome masjidida bo‘lib, amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi hamda namozxonlarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha o‘ziningsh kerakli tavsiya va ko‘rsatmalarini berdi.
Tashrif davomida viloyat bosh imom-xatibi mazkur tuman markazida joylashgan “Qalandarxona” jome masjidining yangi, zamonaviy tusda qurilgan hamda foydalanishga tayyor holga keltirilgan tahoratxonasida namozxonlarga qilingan imkoniyat va sharoitlar bilan tanishdi. Shuningdek bu ulkan savobli ishlarga hissa qo‘shayotgan kishilar haqiga xayrli duolar qildilar.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 22/10/2020 11:56; Ko‘rilganligi: 1141
Chop etilgan vaqti: 10/10/2025 23:48