Samarqand shahar imom-xatiblarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 23 iyun kuni Xo‘ja abdu Darun masjidida Samarqand shahar imom-xatiblarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda 23 ta masjidlarning imom-xatiblari va Samarqand viloyat hokimining o‘rinbosari D.Mamatqulov, Din ishlar bo‘yicha Qo‘mitaning Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi S.Boymurodov, Din ishlar bo‘yicha Qo‘mitaning Samarqand shahar bosh mutaxassisi R.Sultonovlar ishtirok etdi. Yig‘ilishda aholi orasida diniy-ma'rifiy suhbatlarni tizimli ravishda amalga oshirish, kunlik besh vaqt namozlarda jamoatga daolzarb mavzularda mav'izalar qilish, shuningdek, mamlakatimizda pandemiyaga oid kasallikning bir miqdor ko‘payish holati kuzatilishi sababli masjidga tashrif buyuruvchi namozxonlarning tibbiy niqobda bo‘lishi, oraliq masofani saqlash yuzasidan imom-xatiblar xalqchil, sodda tarzda muntazam ravishda namozxonlarga eslatmalar berib borishi kabi masalalar muhokama qilindi.


O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 24/06/2021 15:12; Ko‘rilganligi: 984
Chop etilgan vaqti: 04/11/2025 22:59





















