Sadaqa Alloh taoloning qo‘liga tushadi

 Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
 “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
“Mo‘min banda bitta xurmo donasini yoki shuncha keladigan pok narsani sadaqa qiladi. Alloh pokdan boshqa narsani qabul qilmaydi. Bas, u Alloh Tabaroka va Taoloning qo‘liga tushadi. Bas, U zot uni biringiz toychog‘ini o‘stirganidek, katta adirdek bo‘lgunicha tarbiya qiladi”, dedilar”.
Samarqand viloyati Nurobod tumani Oqsoy MFY Oqsoy qishlog‘ida yashovchi 3 nafar kam ta’minlangan oilaga “Vaqf” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyat filiali tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari xayr qilinib, ularning qalbiga surur kirishiga sabab bo‘ldi. Siz ham shu kabi savobli ishlarni qilib, xayrli amallaringizni o‘sishiga harakat qiling.
 
 
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 07/03/2019 00:00; Ko‘rilganligi: 1664
Chop etilgan vaqti: 04/11/2025 20:54
		
																				



















