O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

RO‘ZG‘OR aksiyasi

 
 

“Vaqf” xayriya jamoat fondi bir qancha loyihalarni amalga oshirishni o‘z oldiga reja qilib qo‘ygan. Ana shunday loyihalardan biri “Ro‘zg‘or” aksiyasi. Loyihaga ko‘ra aholining yordamga muhtoj nogironlar, yolg‘iz keksalar, boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar hamda kam ta’minlangan oilalarni topib, ularning ro‘zg‘orlaridagi kamchiliklariga doimiy ravishda yordam ko‘rsatishni tashkillashtirish belgilandi.

Siz oziq-ovqat mahsulotlari va pul mablag‘larini fond orqali aynan ro‘zg‘ori yordamga muhtoj oilalarga ehson qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz!

Zero: Alloh taolo Qur’oni karimning “Oli Imron” surasida

لَنْ تَنَالُوا الْبِرَّ حَتَّى تُنْفِقُوا مِمَّا تُحِبُّونَ وَمَا تُنْفِقُوا مِنْ شَيْءٍ فَإِنَّ اللَّهَ بِهِ عَلِيمٌ

Suygan narsalaringizdan ehson qilmaguningizgacha sira yaxshilikka (jannatga) erisha olmaysizlar. Nimaniki ehson qilsangiz, albatta, Alloh uni biluvchidir” ( 92-oyat).

Adiy ibn Hotim roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Yarimta xurmo (ni infoq qilib) bo‘lsa ham, do‘zaxdan saqlaninglar”, deb aytdilar.

VAQF.UZ "Ro‘zg‘or" aksiyasi telegram kanali


Kiritilgan vaqti: 11/03/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 1836
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/rozgor-aktsiyasi
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 06:17
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing