O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

RFning Sankt-Piterburg shahridan boshlangan uchrashuvlar davom etmoqda

 
 

Mutasaddilar, ziyoliy va diniy ulamolardan iborat targ‘ibot guruhi Rossiya mamlakatida bo‘lib, u joyda uzoq muddatli mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan hamda o‘qiyotgan fuqarolarimiz bilan uchrashuvlar o‘tkazayotgani haqida xabar bergan edik.

RFning Sankt-Piterburg shahridan boshlangan uchrashuvlar endi Kaleningrad shahrida davom ettirildi. Bu shaharda O‘zbekistonlik fuqarolar uchun tashkil qilingan yoshlar markazi binosida ushbu o‘lkada mehnat qilayotgan va o‘qib yurgan hamyurtlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazildi. Ushbu tadbirda so‘z olgan Samarqand viloyat bosh imom xatibi Zayniddin Eshonqulov musofir yurtdoshlarimizni halol mehnat qilishga, odob-axloqli bo‘lishga, shuningdek, turli yot oqimlardan ogoh bo‘lishga, yurt,  oila qadrini yo‘qotmaslik, dinimizning sof aqidasida mustahkam bo‘lishga chaqirdi.

Bu kabi uchrashuvlardan xorijdagi yurtdoshlarimizning ko‘ngillari shod bo‘layotgani, o‘zlari uchun zaruriy ko‘nikmalarga ega bo‘layotganlari ularning yuz-ko‘zlari, aytayotgan fikrlaridan namaoyon bo‘lmoqda. Uchrashuvlar davom etadi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 27/08/2021 17:58;   Ko‘rilganligi: 854
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/rfning-sankt-piterburg-shahridan-boshlangan-uchrashuvlar-davom-etmoqda
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 10:42
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing