O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

QABRISTONLARNI OBOD QILISH - INSONIY BURCHDIR

 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tamonidan 2016 yil 7 aprelda tasdiqlagan “Umumxalq bayrami 9 may –Xotira va Qadrlash kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy tashkilotlarda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi” ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat bosh imom xatibi, shahar va tuman imom xatiblari ishtirokida joylarda qabristonlarni obodonlashtirishga doir hududiy seminarlar o‘tkazilmoqda. 21-28 aprel kunlari oralig‘ida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan seminarlardan ko‘zlangan maqsad belgilangan reja asosida qabristonlarda obodonlashtirish ishlarini olib borish, ota-bobolarimiz xoki qo‘nim topgan maskanlarni ko‘rkam holatga keltirish hamda "9 may ­­­- Xotira va Qadrlash kuni"ga munosib tayyorgarlik ko‘rishdir. Bunday mas’uliyatli ishga yaqindan yondashgan viloyat bosh imom xatibi N.Islamov va bosh imom xatib o‘rinbosari Z.Eshonqulovlar olis qishloqlardagi qabristonlarga borib, u yerlarni obod qilishga doir o‘z tavsiya va fikrlarini bermoqdalar.

Qabristonlarni obod qilish har birimizning insoniylik burchimizdir. Shunday ekan ajdodlar xoki qo‘nim topgan maskanni obod va ko‘rkam bo‘lishiga o‘z hissamizni qo‘shaylik.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 26/04/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 3498
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/qabristonlarni-obod-qilish---insoniy-burchdir
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 11:12
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing