O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoev muftiy hazratlari oilasiga ta'ziya bildirdi

 
 

Xalqimiz og‘ir judolikka uchradi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov 15 avgust kuni xastalik tufayli vafot etdi.

Davlatimiz rahbarining tashrifi, hamdardlik so‘zlari og‘ir judolikka uchragan ko‘ngillarga taskin bo‘ldi. Marhumning haqiga duo qilindi.

Prezidentimiz muftiy hazratning ezgu ishlarini yodga oldi:

– Hammamiz uchun katta yo‘qotish bo‘ldi. Ulug‘ inson edilar. Bilimi, mehnatsevarligi, kamtarinligi bilan elimizda obro‘ topgan edilar. Bu balo butun dunyoga azob olib keldi, qancha yo‘qotishlar bo‘layapti. Qo‘limizdan kelgan hamma harakatni qildik. Lekin Allohning irodasi ekan. Ilohim, joylari jannatda bo‘lsin. U kishini yaxshi nom bilan eslab, ishlarini davom ettirib, ruhlarini shod qilaylik.

 


Kiritilgan vaqti: 16/08/2021 16:58;   Ko‘rilganligi: 920
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/prezident-shavkat-mirziyoev-muftiy-hazratlari-oilasiga-taziya-bildirdi
Chop etilgan vaqti: 11/10/2025 02:52
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing