Pokistonlik "Naqshbandiya" tariqati vakillari Samarqandda
2018 yil 14 oktyabr kuni yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Pokiston Islom Respublikasidan muftiy M.Rizvan rahbarligidagi “Naqshbandiya” tariqati vakillaridan iborat delegatsiya Samarqandga tashrif buyurdi.
15 oktyabr erta tongdan mehmonlarning Samarqand bo‘ylab ziyorati boshlandi. Ular tomonidan “Shohi Zinda”, “Imom Buxoriy” majmuasi, Amir Temur, Imom Motrudiy maqbarasi, Registon maydoni ziyorat qilinmoqda.
Mehmonlarga viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosari X.Sattorov hamrohlik qilyapti.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 15/10/2018 00:00; Ko‘rilganligi: 2133
Chop etilgan vaqti: 14/10/2024 23:42