O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Pastdarg‘om tumanida faoliyat yuritayotgan otinoyilar bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

 
 

Joriy yilning 20 aprel kuni O‘MI viloyat bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Temirova Pastdarg‘om tumanida faoliyat yuritayotgan otinoyilar bilan davra suhbati o‘tkazdi. Tadbirda bugungi kunda otinoyilar oldida turgan dolzarb vazifalar haqida to‘xtalib o‘tdi. Otinoyilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berdi.

Tadbirdan so‘ng tumanning Po‘latchi MFY Nurafshon ko‘chasi 12 uyda istiqomat qilayotgan «Ayollar daftari» da hisobda turuvchi 1-guruh nogironi Rahmatova Shoiraning ahvolidan xabar olindi. Ramazon tuhfasi sifatida oziq-ovqat mahsulotlari ulashildi. Shuningdek, Eski Juma MFY Ko‘zmunchok ko‘chasi 76 uyda 3 nafar voyaga yetmagan farzandi bilan yashab kelayotgan maxsus «Ayollar daftari» da ro‘yxatda turuvchi fuqaro Abduazizova Mavludaning ahvolidan xabar olindi. Ramazon hadyasi sifatida oziq-ovqat mahsulotlari ulashildi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 21/04/2021 10:20;   Ko‘rilganligi: 1101
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/pastdargom-tumanida-faoliyat-yuritayotgan-otinoyilar-bilan-davra-suhbati-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 03/11/2025 16:36
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing