O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

O‘zbekiston-Amerika ilmiy-amaliy seminari ishtirokchilari Samarqandga tashrifi

 
 

Ayni kunlarda Toshkent shahrida “Din va qonun ustuvorligi” mavzuida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston-Amerika ilmiy-amaliy seminari ishtirokchilari 6 noyabr kuni Samarqandga tashrif buyurdi.

Mehmonlar dastlab Imom Buxoriy yodgorlik majmuasida bo‘lib, bu yerda ibodat va ziyoratga kelganlar uchun yaratilgan shart-sharoit bilan tanishdi. Muhaddislar sultoni Imom Buxoriy haqqiga tilovat qilindi.

 

Shundan so‘ng xalqaro seminar qatnashchilari Viloyat bosh imom xatibi Z.Eshonqulov hamrohligida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Hadis ilmi maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Mehmonlar markazning hadisshunoslik, qur'onshunoslik, kalom ilmi kabi yo‘nalishlardagi ilmiy tadqiqotlari, tarjimonlik va xalqaro hamkorlik borasidagi ishlar bilan tanishdi.

Markaz muzeyi fondidan o‘rin olgan nodir eksponatlar, qo‘lyozma manbalar nusxalari, devoriy suratlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Xalqaro seminar qatnashchilari Samarqanddagi Yoshlar markazida bo‘ladigan “Dinlararo muloqot – jamiyatda tinchlik va totuvlikni ta'minlashning muhim omili” mavzuida davra suhbatida qatnashishdi.

 O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 07/11/2019 18:35;   Ko‘rilganligi: 1085
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/ozbekiston-amerika-ilmiy-amaliy-seminari-ishtirokchilari-samarqandga-tashrifi
Chop etilgan vaqti: 12/10/2024 15:51
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing