O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Otinoyilarimiz faoliyatidan

 
 

27 noyabr, kuz faslining oxirgi seshanbasi. Ushbu kunda viloyat bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Temirova hamda viloyat otinoyilari tomonidan qator xayrli ishlar amalga oshirildi. Jumladan:

N.Temirova Samarqand shahridagi harbiylar shaharchasida harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan davra suhbatida “Oila muqaddas dargoh va uning mustahkamlik shartlari” mavzusida ayol-qizlarga turmushlari uchun muhim ma’lumot va tushunchalarni berib o‘tdi. Oilaning barqarorligida ayolning zimmasida hamisha katta mas’uliyat bo‘lishi, ayniqsa yurt tinchligi uchun o‘zini bag‘ishlagan harbiy xizmatchilarning ayoli bu borada yanada jiddiy sinovlarga duch kelishi, bunday holatlarda ayol Alloh tomonidan berilgan haqiqiy matonatini namoyon qilishi lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

***

Otinoyilarimiz mahallalar va ta’lim muassalarida tashkil etilgan uchrashuvlarda ham faollik ko‘rsatdilar. Samarqand shahridagi 44, 74, Samarqand tumanidagi 39, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 74-umumta’lim maktabda otinoyilar ishtirokida qator uchrashuvlar, davra suhbatlari o‘tkazildi.

Uchrashuvlar davomida “Ilmdan o‘zga najot yo‘q”, “Qizlar hayosi bilan go‘zal”, “Firibgarlik og‘ir jinoyat”, “Hayo iymondandir”, “Qizlarning kiyinish madaniyati” mavzularida suhbatlar o‘tkazildi.

Shuningdek, otinoyilarimiz tomonidan maxsus hisobdan chiqarilgan xotin-qizlar holidan xabar olindi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 27/11/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1302
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/otinoyilarimiz-faoliyatidan
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 17:47
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing