Oqdaryo tumanida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 18 may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi tomonidan joylarda masjidlar faoliyatini takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni joyida o‘rganish va bartaraf etish maqsadida shahar va tuman bosh imom xatiblari Oqdaryo tumanidagi mavjud 12 ta masjid imom xatiblari ishtirokidagi navbatdagi sayyor yig‘ilish Oqdaryo tuman “Mahdumi A'zam” masjidida bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish oldidan shahar va tuman bosh imom xatiblari Oqdaryo tumanidagi mavjud masjidlar faoliyati bilan tanishdilar. Yutuqlar va kamchiliklarni o‘rganib, xulosalar to‘pladilar. Shundan so‘ng, yig‘ilishning asosiy qismi boshlandi. Yig‘ilishda viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrulloh domla Sattarov va tegishli mutasaddilar ishtirk etishdi.
Dastlab bosh imom xatiblar tomonidan o‘rganish xulosalari o‘qib eshittirildi. O‘z navbatida viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosari X.Sattarov tomonidan ham aniqlangan kamchiliklar aytilib, mazkur kamchiliklarni bartaraf etishga oid tavsiyalar berildi.
Navbatdagi sayyor yig‘ilish Payariq tumanida bo‘lib o‘tishligi belgilandi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 18/05/2021 19:26; Ko‘rilganligi: 924
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 08:17