O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Oliy ta’lim muasasalaridagi uchrashuvlar nihoyalandi

 
 

9 noyabr kuni Samarqand iqtisodiyot va servis institutida bo‘lib o‘tgan tadbir oliy ta’lim muassasalarida “Diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish” mavzusida diniy ulamolar bilan tashkil etilgan uchrashuvlarga nihoya yasab berdi. 7 va 8 noyabr kunlari Samarqand tibbiyot instituti va Samarqand veterinariya institutida ham mazkur uchrashuvlar bo‘lib o‘tgan edi.

Tadbirlar davomida ma’ruzachi sifatida ishtirok etgan viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosari Yo.Mansurov asosan, yoshlarning ma’naviy ongini oshirishga, atrof-javonibdagi holatlar haqida mushohada yuritishga, voqea-hodisotlar haqida olingan bilimlar asosida shakllangan mafkuraviy immunitet asosida fikr yuritib xulosa chiqarishga chorladi.

Uchrashuvlarda jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni saqlash, millatlar va dinlararo hamjihatlikni mustahkamlash, diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmga qarshi kurashning dolzarb yo‘nalishlari, ogohlik va hushyorlikni oshirish kabi mavzularda ma’ruzalar qilinib, muhokamalar olib borildi.

Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash dunyo hamjamiyati oldida turgan dolzarb vazifalaridan biridir.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 10/11/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1514
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/oliy-talim-muasasalaridagi-uchrashuvlar-nihoyalandi
Chop etilgan vaqti: 25/04/2024 02:36
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing