O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Notiq imom-xatiblarning Urgut tumanidagi masjidlarga tashrifi

 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakillari, bosh imom-xatiblar tomonidan diniy vaziyatni sog‘lomlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “yo‘l xaritasi” doirasida viloyatimizdagi chegara hududlarda joylashgan masjidlarga notiq imom-xatiblarning tashrifi rejalashtirilgan edi. Shu asosida bugun, 2 iyul Juma kuni viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Yoqubjon domla Mansurov Urgut tumani “Boybul” masjidiga, Samarqand shahar “Shohi Zinda” masjidi imom-xatibi  Samariddin domla Mirzayev Urgut tumani “Yoqub Oxun” masjidiga, Ishtixon tuman “Polvon ota” masjidi imom-xatibi  Alijon domla Yoqubov Bulung‘ur tumani “Cho‘yantepa” masjidlariga borib Juma nomozini jamoat bilan ado etdilar.

Juma namozida imom-xatiblarimiz “ SOLIH AMAL – QALB LAZZATI” mavzusida ma'ruza qildilar.

Juma namozi ado etilgach, ushbu masjidlarning obod bo‘lishi yo‘lida beminnat xizmat qilgan barcha-barchaga ajru savobini ko‘paytirib berishini va bu masjidlarimiz qiyomatgacha namozxonlar uchun ibodat maskani bo‘lishini Allohdan so‘rab duolar qilindi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 02/07/2021 17:33;   Ko‘rilganligi: 1047
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/notiq-imom-xatiblarning-urgut-tumanidagi-masjidlarga-tashrifi
Chop etilgan vaqti: 03/11/2025 12:59
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing