O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Nishonga urilgan gaplar: O‘tganga, to‘kilganga va ketganga afsuslanma

 
 

Zaif inson ustidan qozonilgan g‘alaba mag‘lubiyatga tengdir.

Tarix muhrlagan so‘zlar

***

Sizga to‘g‘ri yo‘lni ko‘pchilik ko‘rsatishi mumkin ammo, u yo‘lga boshlaydigan va sherik bo‘ladigani kam...

Sayyid Abror Umar

***

Bag‘ritoshlik ko‘p yolg‘on va hasadning natijasidir.

Komil inson kechirimlilikni qarz, yaxshilik qilishni esa farz deb qabul qiladi.

Hazrati Abu Bakr r.a.

***

Farzandlaringizga yaxshi ko‘rishni o‘rgating, nafratlanishni shundoq ham o‘rganib oladi.

Ustozlar o‘gitidan

***

Og‘izdan chiqmagan so‘zing- sening quling, og‘izdan chiqqaniga esa sen quldirsan.

"Qobusnoma" dan

***

Qurolingni ilmdan yasa.
Ilm o‘rgan va o‘zgalarga ham o‘rgatgin.
O‘tmishingni mualliming deb bil.
Birovga haddan tashqari tanbeh berma, behudaga maqtama ham.
O‘tganga, to‘kilganga va ketganga afsuslanma.
Nifoq ilmsizlik belgisidir.

Abu Mansur al- Moturudiy

***

Manbalar asosida Saidabror Umarov tayyorladi


Kiritilgan vaqti: 04/02/2021 10:13;   Ko‘rilganligi: 1189
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/nishonga-urilgan-gaplar-otganga-tokilganga-va-ketganga-afsuslanma
Chop etilgan vaqti: 11/10/2025 03:49
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing