Nishonga urilgan gaplar: O‘tganga, to‘kilganga va ketganga afsuslanma
Zaif inson ustidan qozonilgan g‘alaba mag‘lubiyatga tengdir.
Tarix muhrlagan so‘zlar
***
Sizga to‘g‘ri yo‘lni ko‘pchilik ko‘rsatishi mumkin ammo, u yo‘lga boshlaydigan va sherik bo‘ladigani kam...
Sayyid Abror Umar
***
Bag‘ritoshlik ko‘p yolg‘on va hasadning natijasidir.
Komil inson kechirimlilikni qarz, yaxshilik qilishni esa farz deb qabul qiladi.
Hazrati Abu Bakr r.a.
***
Farzandlaringizga yaxshi ko‘rishni o‘rgating, nafratlanishni shundoq ham o‘rganib oladi.
Ustozlar o‘gitidan
***
Og‘izdan chiqmagan so‘zing- sening quling, og‘izdan chiqqaniga esa sen quldirsan.
"Qobusnoma" dan
***
Qurolingni ilmdan yasa.
Ilm o‘rgan va o‘zgalarga ham o‘rgatgin.
O‘tmishingni mualliming deb bil.
Birovga haddan tashqari tanbeh berma, behudaga maqtama ham.
O‘tganga, to‘kilganga va ketganga afsuslanma.
Nifoq ilmsizlik belgisidir.
Abu Mansur al- Moturudiy
***
Manbalar asosida Saidabror Umarov tayyorladi
Kiritilgan vaqti: 04/02/2021 10:13; Ko‘rilganligi: 1188
Chop etilgan vaqti: 11/10/2025 01:16