O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Navbatdagi tadbir tashrif Imom Buxoriy majmuasi va Hadis ilmi oliy maktabiga bo‘ldi

 
 

Muqaddas islom dini rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan, hadis ilmining sultoni, buyuk vatandoshimiz Imom Buxoriyning ulkan merosini ilmiy asosda o‘rganish, xalqimiz va jahon jamoatchiligiga targ‘ib etish, azaliy milliy qadriyatlarimizni saqlash va ulug‘lash asosida yosh avlodning ruhiy va ma'naviy olamini boyitish, imon-e'tiqodini mustahkamlash, ularning qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini yanada kuchaytirish maqsadida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi tashkil etilgan va Hadis ilmi maktabi tashkil etilib, bugungi kunda bu maskanlar faoliyat yuritib kelmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedovlar Imom Buxoriy majmuasida bo‘lib, dastlab muhaddislar sultoni Imom Buxoriyning ravzalarini ziyorat qildilar.

Shundan so‘ng Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi faoliyati, bu yerda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishib, markazning  ilmiy xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbir davomida xalqaro ilmiy tadqiqot markazining maqsad va vazifalari, yurtimizda diniy-ma'rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Tarixdan ma'lumki, zaminimizda uzoq o‘tmishda islomiy ilmlarni o‘rgatuvchi maktablar shakllangan. Samarqand viloyatidagi Hadis ilmi maktabi ham ana shu an'ananing davomi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan hadis imli maktabi o‘z faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Muftiy hazratlari va boshqa rahbarlar Hadis ilmi maktabida ham bo‘lib, bu joyda talaba va ustozlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Dars jarayonlarida qatnashib, buyuk muhaddislar yashab o‘tgan zaminimizda hadis ilmi bo‘yicha bilimdon, bobolar yo‘lini munosib davom ettiradigan mutaxassislar bo‘lishlari, Islom dini va hadis ilmi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning boy merosini chuqur o‘rganish hamda dinimiz asoslari va hadis ilmini puxta o‘zlashtirgan oliy ma'lymotli yetuk mutaxassislar bo‘lishlari uchun bor imkoniyatlarini ishga solgan holda tahsil olishlarini ta'kidladilar.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 12/12/2019 12:32;   Ko‘rilganligi: 1110
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/navbatdagi-tadbir-tashrif-imom-buxoriy-majmuasi-va-hadis-ilmi-oliy-maktabiga-boldi
Chop etilgan vaqti: 12/10/2024 14:37
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing