O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Narpay tuman imom xatiblarining xayriyasi

 
 

Bu yil xalqimiz boshidan og‘ir sinovlarni o‘tkazmoqda. Xususan, “Sardoba” suv omboridagi toshqin katta talafot yetkazdi. Saxovatpesha xalqimiz talafot joyiga oshiqib, aziyat chekkan aholiga yordam qo‘lini cho‘zmoqda. Bundan yurtimizdagi barcha korxona va tashkilotlar singari biz imom xatiblar ham chetda qolayotganimiz yo‘q.

Kuni kecha Samarqand viloyati Narpay tuman imom xatiblari tashabbusi bilan Sirdaryo viloyati Sardoba suv toshqinidan jabr ko‘rgan oilalardan 400 kishi  bugungi kunda Jizzax viloyati Baxmal tumani Barlos qishlog‘ida vaqtincha yashamoqda  Shu oilalarga  ko‘rpa-to‘shak, kiyim-kechak jamlanmasi, shuningdek, oziq ovqat maxsulotlari, idish tavoq va kundalik extiyoj mollarini xayriya tariqasida jabr ko‘rgan oilalarning o‘z qo‘llariga toshirishdi.

Xalqimiz boshiga tushayotgan bu ko‘ngilsiz holatlar Yaratganning bizga bergan sinovidir. Uni mardonavor yengib o‘tish, oldimizda turgan muammolarni imkon qadar tezroq hal etish uchun barcha birdek harakat qilmoqda.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 14/05/2020 13:42;   Ko‘rilganligi: 1090
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/narpay-tuman-imom-xatiblarining-xayriyasi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 20:33
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing