Muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining davolanish muolajalari davom etmoqda
Shuni ma'lum qilamizki, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari ayni kunda Moskva shahrida yurak-qon tomir kasalliklari muolajasini o‘tamoqdalar. Hazratning holatlari barqaror. Zarur, barcha chora-tadbirlar malakali shifokorlar tomonidan amalga oshirilmoqda.
Muftiy hazratlarining haqlariga Alloh taolodan shifoi komil, tan-sihatlik, uzoq umr, musulmon ummatiga va xalqimizga uzoq yillar xizmat qilishlarini Yaratgan Parvardigordan iltijo qilib qolamiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 23/07/2021 15:50; Ko‘rilganligi: 903
Chop etilgan vaqti: 10/10/2025 23:50