O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining davolanish muolajalari davom etmoqda

 
 

Shuni ma'lum qilamizki, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari ayni kunda Moskva shahrida yurak-qon tomir kasalliklari muolajasini o‘tamoqdalar. Hazratning holatlari barqaror. Zarur, barcha chora-tadbirlar malakali shifokorlar tomonidan amalga oshirilmoqda.
Muftiy hazratlarining haqlariga Alloh taolodan shifoi komil, tan-sihatlik, uzoq umr, musulmon ummatiga va xalqimizga uzoq yillar xizmat qilishlarini Yaratgan Parvardigordan iltijo qilib qolamiz.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 23/07/2021 15:50;   Ko‘rilganligi: 902
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/muftiy-usmonxon-alimov-hazratlarining-davolanish-muolajalari-davom-etmoqda
Chop etilgan vaqti: 10/10/2025 19:45
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing