O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Muftiy Usmonxon Alimov hazratlari davolanish muolajasini olmoqdalar

 
 

Shu kunlarda Internet va ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining salomatliklari to‘g‘risida turli asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan xabarlar tarqatilayotgani kuzatilmoqda.

Ma'lum qilamizki, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining salomatliklarini yaxshilash uchun navbatdagi davolanish muolajalari amalga oshirilmoqda. Malakali tibbiyot mutaxassislari va shifokorlar tomonidan hazratning sog‘liqlari muntazam kuzatib borilmoqda hamda davolanish bosqichlari o‘tkazilmoqda. Alloh taologa shukrki, ayni paytda muftiy hazratlarining sihatlari barqarordir.

Odamlar orasida har xil asossiz va voqelikka to‘g‘ri kelmaydigan yolg‘on xabarlarni tarqatish muborak Islom dinimizda gunoh sanalishi, qonunchilikda esa javobgarlikka sabab bo‘lishini yana bir bor eslatamiz.

Alloh taolo barchamizni to‘g‘ri yo‘lda sobitqadam aylasin.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 19/07/2021 10:08;   Ko‘rilganligi: 913
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/muftiy-usmonxon-alimov-hazratlari-davolanish-muolajasini-olmoqdalar
Chop etilgan vaqti: 03/11/2025 16:36
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing