Muftiy hazratlari Qo‘shrabod tumanidagi “Jo‘sh Ota” jome masjidida
Xabar beganimizdek O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedovlar viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov va viloyat hokimi o‘rinbosari D.Mamadkulov hamrohligida Qo‘shrobod tumanida joylashgan “Jo‘sh Ota” jome masjidida namozxonlar uchun yaratilgan shart sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar.
Tashriflarning avvalida Qur'oni karim tilovat qilingach, masjid jamoasi bilan dildan suhbat qilib, xayrli duolar qilinib, ushbu dargohda qo‘nim topgan barcha o‘tganlarning ruhiga bag‘ishlandi. Muftiy hazratlarini Samarqanddagi tashrifi tugatilib Buxoro viloyatiga yo‘l oldilar.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 17/06/2020 20:43; Ko‘rilganligi: 1060
Chop etilgan vaqti: 09/11/2024 01:45