O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Muftiy hazratlari Qo‘shrabod tumanidagi “Jo‘sh Ota” jome masjidida

 
 

Xabar beganimizdek O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedovlar viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov va viloyat hokimi o‘rinbosari D.Mamadkulov hamrohligida Qo‘shrobod tumanida joylashgan “Jo‘sh Ota” jome masjidida namozxonlar uchun yaratilgan shart sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar.

Tashriflarning avvalida Qur'oni karim tilovat qilingach, masjid jamoasi bilan dildan suhbat qilib, xayrli duolar qilinib, ushbu dargohda qo‘nim topgan barcha o‘tganlarning ruhiga bag‘ishlandi. Muftiy hazratlarini Samarqanddagi tashrifi tugatilib Buxoro viloyatiga yo‘l oldilar.

 O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 17/06/2020 20:43;   Ko‘rilganligi: 1030
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/muftiy-hazratlari-qoshrabod-tumanidagi-josh-ota-jome-masjidida
Chop etilgan vaqti: 05/10/2024 11:28
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing