Muftiy hazratlari madrasa ustoziga moddiy rag‘bat va ikki talabaga shartnoma to‘lovi sertifikatini taqdim etdilar
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari “Ko‘kaldosh” madrasasi ustoz va talabalari bilan uchrashuv chog‘ida bilim yurtining eng jonkuyar ustozi Jaloliddin domla Xolmo‘minovga besh million so‘mlik bir martalik moddiy rag‘bat hamda madrasaning ikki nafar talabasi – Muhammadxo‘jayev Ismoil va Ahmedov Abdulqodirning har biriga bir yillik o‘quv shartnomasi to‘lovi – 10 684 000 so‘mlik sertifikatlarini topshirdilar.
Tashrif tafsilotlarini sayt va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizda kuzatib boring.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 16/02/2022 13:47; Ko‘rilganligi: 885
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 09:38