O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Mehiribonlik uyida xayriya

 
 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi yurtimiz bo‘ylab keng miqyosda nishonlandi. Bayram munosabati bilan joylarda xayriya tadbirlari ham amalga oshirildi.

Samarqand shahar “Xo‘ja Abdu Mo‘min” jome masjidi tomonidan homiylarni jalb qilgan holda 10-sonli Mehribonlik uyining 140 nafar tarbiyalanuvchilariga ziyofat dasturxoni tashkil etildi. Tadbirda “Xo‘ja Abdu Mo‘min” jome masjidi imom xatibi J.Hotamov, mehribonlik uyi tarbiyachilari, homiylar ishtirok etdilar.

Murg‘aklarning o‘ksik qalbiga xursandchilik kirgizish, bayram kunlarida ularning diliga xushnudlik ulashish maqsadida amalaga oshirilgan bayram dasturxoni atrofida jamlangan go‘daklarning yuzlarida sevinch alomatlari ko‘rinib turardi.

Xayriya sohiblariga ushbu ishlari uchun munosib mukofotlar berilishini tilab qolamiz. Zero, hadisi sharifda Sarvari koinot sallallohu alayhi vasallam: “Men va yetimni o‘z qaramog‘iga olgan kishi jannatda mana shunday yonma-yon turamiz”, - deb ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlari orasini ochib ko‘rsatdilar”, deyilgan. (Imom Buxoriy rivoyati).

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 10/12/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1515
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/mehiribonlik-uyida-xayriya
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 10:03
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing