Masjidlarda jamoat shukuhi
Bugun erta tongdan mamlakatimiz bo‘ylab mo‘min-musulmonlar karantindan keyingi ilk jamoat namozini o‘qish uchun iymon va ixlos bilan, orziqib kutgan kunlarimizga erishdik. Biz bu daqiqalarni intiqlik bilan kutdik. Masjidlarni ochilishi musulmonlarga quvonch bag‘ishlamoqda. Shuncha vaqtdan beri endi masjid ostonasidan qadam bosib kirish insonni qalbini yig‘latadi, qadriga yetishga, Allohning baytini asrab avaylashga undaydi. Jamoatda Allohning baytida ko‘zlar bir birini ko‘rganda, qo‘llar duolarga ochilganda, qalblar robbiga bog‘langanda, so‘raylikki, bu kunlar bardavom bo‘lsin, Alloh bemorlarga shifo bersin, barcha yurtdoshlarimiz sihat-salomat bo‘lsinlar.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 17/08/2020 08:57; Ko‘rilganligi: 962
Chop etilgan vaqti: 14/09/2024 22:17