Masjidlar yana ham obod bo‘lmoqda
So‘ngi vaqtlarda namozxonlar, mahalliy va xorijiy mehmonlarga yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida masjidlarni kengaytirish uchun yangi binolar, zamonaviy tahoratxonalar qurilib, eskilari ta'mirlanmoqda. Samarqand viloyati masjidlarida olib borilayotgan qurilish, ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida O‘MI Samarqand viloyat vakili Z.Eshonqulov Samarqand shahridagi “Murod Avliyo” masjidida yangidan barpo etilayotgan tahoratxonaning qurilish ishlari bilan tanishdi.
Shundan so‘ng Ishtixon tumani “Muhojirlar” jome masjidi uchun quriladigan yangi tahoratxoaning ilk g‘ishtlarini qo‘yish tadbirida ishtirok etdi.
Qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilayotgan Qo‘shrabot tumanidagi “Jo‘sh ota” jome masjidida ham ishlar avjida. Ishlarning borishi bilan viloyat bosh imom xatibi Z.Eshonqulov xabardor bo‘lib turibdi.
Albatta, masjidlarning obod bo‘lishi, qurilishiga hissa qo‘shgan har bir kishiga jannatda qasr barpo qilinishini Alloh taolodan so‘rab qolamiz.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 17/10/2019 15:54; Ko‘rilganligi: 1056
Chop etilgan vaqti: 18/09/2024 00:29