O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Kattaqo‘rg‘on tumanida xayr-ehson va birdamlikka chorlovchi sayyor yig‘ilish o‘tkazildi

 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi tashabbusi hamda yillik ish rejasi doirasida Paxtachi tumanida ma'naviyat, mehr-shafqat va xayr-saxovat ruhi bilan yodda qolarli sayyor yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish avvalida viloyat bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov ishchi guruh a'zolari bilan uchrashib, sayyor uchrashuvlarni samarali va mazmunli tashkil etish yuzasidan muhim ko‘rsatma va topshiriqlar berdi. U kishi har bir masjid imom-xatibi hamda mas'ul shaxslarga aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning muammolarini eshitish va imkoniyatdan kelib chiqib joyida hal etish zarurligini alohida ta'kidladi.

Shundan so‘ng Ahmadxon domla, Kattaqo‘rg‘on tumani bosh imom-xatibi S.Shamsiddinov hamrohligida tuman markazidagi Qalandarxona jome masjidi hududida og‘ir ijtimoiy ahvoldagi, bemor va nogironligi bor oilalar xonadonlariga tashrif buyurdi. Ushbu tashriflar doirasida:

  • Xonadon egalariga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

Har bir xonadonda samimiy muloqot o‘rnatilib, ezgu duolar qilindi. Ota-onalarning minnatdorliklari barcha ishtirokchilar qalbiga iliqlik bag‘ishladi.

Viloyat ishchi guruhi Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 31 ta masjidda Peshin namozini ado etib, jamoatga quyidagi yo‘nalishlarda ta'sirli ma'ruzalar qildi:

  • “Tinchlik va osoyishtalikning beqiyos qadri”
  • “Yoshlar – kelajak timsoli va umid sutuni”
  • “Berilgan ne'matlarga shukrona qilish fazilati”
  • “Oilaviy totuvlik va birdamlikni asrash”
  • “Chetdan kirib kelayotgan yot g‘oyalarga aldanmaslik”
  • “Qo‘shnichilik munosabatlari va ularning odoblari”
  • “Oila – muqaddas ”
  • “Axborot olish va tarqatishda mas'uliyat”

Shuningdek, viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Nursultonxon domla Abdumannonov “Qalandarxona” jome masjidida “Farzand tarbiyasi – buyuk burch va mas'uliyat” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy quvvatga to‘la ma'ruza qildi.

Yig‘ilish yakunida Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 31 mahallaning ijtimoiy ahvoli, aholining ehtiyojlari va muammolari tahlil qilindi. Masjid hujjat yuritishi, obodonchilik ishlari va jamoat bilan muloqot samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilandi.

Rahbarlar tomonidan aholi bilan yaqin hamkorlik qilish, diniy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish va xayr-saxovat ishlarini yanada kengaytirish yuzasidan qat'iy ko‘rsatmalar berildi.

Tadbir so‘ngida barcha ishtirokchilar yurtimiz tinchligi, osmonimiz musaffoligi va yurtboshimiz olib borayotgan xayrli ishlariga zafarlar tilab, birgalikda xayrli duo qildilar.

Bu sayyor yig‘ilish Kattaqo‘rg‘on ahli uchun nafaqat amaliy yordam, balki ma'naviy ko‘tarinkilik, birdamlik va kelajakka ishonch ruhini uyg‘otgan yodda qolarli kun bo‘ldi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakillgi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 30/09/2025 16:52;   Ko‘rilganligi: 4
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/kattaqorgon-tumanida-xayr-ehson-va-birdamlikka-chorlovchi-sayyor-yigilish-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 30/09/2025 20:52
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing