Kattaqo‘rg‘on tumanida masjid ochilishi bo‘lib o‘tdi
Kattaqo‘rg‘on tumanida “Tavoron” jome masjidi ta'mirlanib yana foydalanishga topshirildi.
Ushbu masjidning ochilish marosimida O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyat vakili o‘rinbosari Yooqubjon domla Mansurov ham ishtirok etdilar.
Mo‘min odam Allohning uylarini obod qilishga, unga infoq qilib, moddiy obodligini ziyoda qilishga, unda namoz o‘qib, ma'naviy obodligini ziyoda qilishga urinar va qalbi doim masjidlarga bog‘liq bo‘lar ekan, ikki dunyoning baxtu saodatiga, xayru barakasiga erishadi.
Alloh taolo ushbu masjidni xalqimizga muborak qilsin, yana shu kabi ko‘plab jomelar qurilishini nasib aylasin!
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 24/03/2021 08:00; Ko‘rilganligi: 1301
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 01:10