Kattaqo‘rg‘on tumanida aholi bilan muloqotlar tashkil etildi
Joriy yil 22 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi tamonidan Kattaqo‘rg‘on tumanida muammoli mahallalar aholisi bilan uchrashuvlar tashkil qilinib, mahallabay ishlash tizimi tashkil qilindi.
Bugun ushbu tadbirlar doirasida mavjud kamchiliklarni joyida o‘rganish va bartaraf etish maqsadida shahar va tuman bosh imom xatiblari ishtirokida navbatdagi sayyor uchrashuv va suhbatlar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tartibda aholi bilan suhbat davomida mamlakatimiz bo‘ylab olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, bugungi dorulomon kunlarga shukronalik hissi bilan yashash kabi jihatlarga to‘xtalib o‘tildi.
Tumanda istiqomat qilayotgan ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar va ularning farzandlariga ham moddiy, ham ma'naviy ko‘mak ko‘rsatildi.






O‘MI Samarqannd viloyat vakillligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 30/03/2022 22:07; Ko‘rilganligi: 1036
Chop etilgan vaqti: 03/11/2025 18:22





















