O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

“Jo‘sh ota” masjidida qurilish ishlari yakuniga yetmoqda

 
 

Samarqand viloyati markazidan qariyb 150, Qo‘shrabot tumani markazidan 45 kilometr uzoqlikda joylashgan Jo‘sh mahallasida olti asrlik tarixga ega “Jo‘sh ota” jome masjidi joylashgan. Birmuncha ta'mirtalab ahvolga kelib qolgan jome masjid “Obod qishloq” dasturi asosida qayta rekonstruksiya qilinib, o‘zgacha qiyofa kasb etdi. Masjidda, shuningdek, qo‘shimcha binolar, kutubxona, tahoratxona barpo etildi.

Qurilish, obodonlashtirish ishlarining borishi bilan tanishish, yaqinlashib kelayotgan saylov tadbirlari oldidan namozxonlar bilan uchrashish va uzoq hududlarda joylashgan masjidlarda juma namozini o‘qib berish dasturining ijrosini ta'minlash maqsadida viloyat bosh imom-xatibining o‘rinbosari Yoqubjon Mansurov 20 dekabr kuni “Jo‘sh ota” jome masjidida bo‘lib, juma namozini o‘qib berdi.

Qurilish, ta'mirlash ishlari o‘z nihoyasiga yetishiga yaqin turibdi. Qisqa muddatlarda obodonlashtirish ishlari tugallanib, masjid-ziyoratgoh namozxon va ziyoratchilar ixtiyoriga to‘liq topshiriladi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 21/12/2019 12:14;   Ko‘rilganligi: 1440
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/josh-ota-masjidida-qurilish-ishlari-yakuniga-etmoqda
Chop etilgan vaqti: 13/05/2024 16:56
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing