O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

IMOMLARIMIZ O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGIGA 25 YIL KO‘KRAK NISHONI SOHIBI

 
 

30 avgust kuni Samarqand viloyati bo‘ylab joylarda «O‘zbekiston mustaqilligiga 25 yil» esdalik nishoniga munosib ko‘rilgan nomzodlarning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Vatanimiz istiqlolining 25 yilligini keng nishonlash munosabati bilan hamda mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, ma’naviy salohiyatini va mudofaa qudratini yuksaltirish, davlatimiz sarhadlarining daxlsizligini ta’minlash, demokratik islohotlarni amalga oshirish, jamiyatimizda hukm surayotgan millatlararo do‘stlik va totuvlikni, tinchlik va barqarorlikni asrash, milliy madaniyatimiz va san’atimizni rivojlantirish, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarimizni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizni taqdirlash maqsadida ta’sis etilgan ushbu ko‘krak nishoni nomzodlarga viloyat hokimi, shuningdek, bunga vakil qilingan boshqa shaxslar tomonidan tantanali vaziyatda topshirildi.

Ta’kidlash lozimki, yurtimizda vijdon erkinligi ta’minlanganining yuksak namunasi sifatida mustaqilligimizning 25 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan ushbu ko‘krak nishoniga munosib ko‘rilganlar orasida diniy soha xodimlarining borligi quvonarlidir. O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi tizimida xizmat ko‘rsatayotgan qator din xodimlari ham ushbu kun ko‘krak nishoni taqdim etilganlar qatoridan joy oldilar. Jumladan:

Nuriddinxon Islamov – O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili, viloyat bosh imom xatibi;

Zayniddin Eshonqulov – viloyat vakili o‘rinbosari, Imom Buxoriy jome masjidi imom xatibi;

Shodi Haqberdiyev – Urgut tuman bosh imom xatibi;

Aminjon Xolboboyev – Urgut tuman “Cho‘bin” jome masjidi hisobchisi;

Jahongir Xotamov – Samarqand shahar “Xo‘ja Abdu Mo‘min” jome masjidi imom xatibi;

Xayrullo Do‘stmurodov – Kattaqo‘rg‘on shahar bosh imom xatibi;

Izzatulla Boyqobilov – Qo‘shrabot tuman bosh imom xatibi;

G‘ani Abiyev – Qo‘shrabot tuman “Domla Omonulla Oxun” jome masjidi imom xatibi;

Nodira Ibragimova – Samarqand shahar hokimligi huzuridagi “Ayollar maslahat markazi” mutaxassisi, Bog‘ishamol mahallasi otinoyisi.

30 avgustning o‘zida kechga yaqin viloyat vakilligi binosida ko‘krak nishonga loyiq ko‘rilganlarni qutlash marosimi o‘tkazildi.

«O‘zbekiston mustaqilligiga 25 yil» ko‘krak nishoniga loyiq ko‘rilgan yurtdoshlarimizning barchalarini tabriklagan holimizda, kelgusida yurt ravnaqi, xalq farovonligi yo‘lida yanada ko‘plab ishlarni amalga oshirishlariga tilakdoshmiz.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 31/08/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 4086
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/imomlarimiz-ozbekiston-mustaqilligiga-25-yil-kokrak-nishoni-sohibi
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 21:38
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing