Imom xatiblarning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
2017 yil 8 avgust kuni Samarqand viloyati vakilligi hamda shahar va tuman bosh imomlari, Samarqand shahar va Samarqand tuman masjid imom xatiblari ishtirokida muhim mavzularga yo‘naltirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” mazmun-mohiyatiga hamohang tarzda olib borilayotgan aholi bilan xonadonma-xonadon yurib suhbat o‘tkazish, ularning yashash tarzi bilan yaqindan tanishish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ishlarini jadallashtirish borasida fikr mulohazalar yuritilib, maqsadlar aniq belgilab olindi.
“Haj-2017” mavsumida viloyatimizdan hajga ketayotgan fuqarolarni kuzatish va kutub olish ishlarida faol ishtirok etishga chaqirildi.
Sharq taronalari festivali munosabati bilan masjidlarni munosib tarzda tayyorlash, Mustaqilligimizning 26 yillik shodiyonalari hamda Qurbon hayitiga tayyorgarlik ko‘rish, imom xatiblar faoliyatini jonlantirish, masjidlarda ibodat uchun sharoitlarni yaxshilash borasida qator topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Ayniqsa “Hidoyat sari” ma’rifiy ko‘rsatuvi, “Ziyo” ko‘rsatuvlarini doimiy ko‘rib borish, xususan “Onlayn” tarzda uzatilayotgan darslarini muntazam kuzatish lozimligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
Bayram kunlari davomida masjidlarda ogohlikni oshirishga doir ko‘rsatma va topshiriqlar berildi, ularning tinch-osuda o‘tkazilishida imom-xatiblarning mas’uliyatini kuchaytirish lozimligi uqtirilib, shahar va tuman bosh imomlariga bu borada amaliy ishlar ko‘rish vazifasi yuklatildi.
Yig‘ilish so‘ngida olib borilayotgan ishlarda Allohning o‘zi madadkor bo‘lishini so‘rab duoyi xayrlar qilindi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 08/08/2017 00:00; Ko‘rilganligi: 2288
Chop etilgan vaqti: 14/12/2024 11:40