Imom-xatiblarimiz “Imom Termiziy” xalqaro ilmiy tadqiqot markazida bo‘ldilar va tanishuv darslarida ishtirok etdilar
Xabaringiz bor Viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida Vaqf xayriya jamoat fondi Samarqand viloyati filiali, joylardagi barcha tuman va shahar bosh imom-xatiblarining Surxondaryo viloyatida joylashgan Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markaziga tashriflari davom etmoqda....
Bugun erta tongdan imom-xatiblarimiz joriy yil Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoev tashabbuslari bilan tashkil etilgan “Imom Termiziy” nomidagi o‘rta maxsus islom bilim yurtiga tashrif buyurib, bu maskanda ta'lim olayotgan talabalar o‘quv xonalari hamda boshqa shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Shundan so‘ng, ushbu bilim yurti qoshida tashkil etilgan “Imom Termiziy” xalqaro ilmiy tadqiqot markazida bo‘ldilar va tanishuv darslarida ishtirok etdilar. Tanishuv darslari davom etmoqda...
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 27/10/2020 10:33; Ko‘rilganligi: 1368
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 05:20