O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Imom-xatiblar uchun o‘quv seminar tashkil etildi

 
 

2018 yil 16-18 oktyabr kunlari Samarqand viloyati imom-xatiblari uchun maxsus o‘quv seminar bo‘lib o‘tadi.

Imom-xatiblarning bilim saviyasini yuksaltirish, dunyoqarashini kengaytirish hamda jamoat ishlaridagi faolligini yanada oshirishga qaratilgan o‘quv-seminarning dastlabki bosqichi 16 oktyabr kuni viloyatning beshta hududida boshlandi.

Samarqand, Kattaqo‘rg‘on shahri, Pastdarg‘om, Payariq va Urgut tumanida maxsus tashkil etilgan joylarda seminar mashg‘ulotlari mutaxassis ma’ruzachilar tomonidan yuqori saviyalarda olib borilmoqda.

Ma’ruzachilar Imom Buxoriy xalqaro ilmiy - tadqiqot markazi va viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari ilmiy xodimlari, professor o‘qituvchilari orasidan tanlab olingan.

Mashg‘ulotlarni yuqori safiyada tashkil etish maqsadida barcha shart sharoitlar hozirlangan. Jamoat tartibini saqlash inspektorlari va shifokorlar joylarda o‘z vazifalarini bajarmoqdalar.

Seminar mashg‘ulotlari 17-18 oktyabr kunlari ham davom ettiriladi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 16/10/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1500
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/imom-xatiblar-uchun-oquv-seminar-tashkil-etildi
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 15:25
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing