Imom noiblar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun, 27 fevral kuni vakillik binosida diniy soha rahbarlari va imom noiblar o‘rtasida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim Muhammadsiddiqov boshchiligidagi Diniy idora mas'ul xodimlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda Samarqand viloyatida faoliyat yuritib kelayotgan imom noiblarning bilim va malakalarini oshirish, xalqimiz o‘rtasida ma'naviy-ma'rifiy sohadagi hissasini yuqori saviyaga yetkazish, soha vakillari faoliyati davomida duch kelayotgan muammo va kamchiliklarni birgalikda bartaraf etish masalalari ko‘rildi.
So‘zga chiqqan soha mutaxassislari yurtimizda diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqimiz ma'rifatini yuksalatirish, diniy rasm-rusumlarini emin-erkin ado etishlari uchun munosib sharoit yaratish, kelgusida diniy soha xodimlari oldida turgan vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tdilar.
Shuningdek, masjidlarda imom-xatib va imom-noiblar vazifada birligi, o‘z ishiga mas'uliyat bilan yondashishi, sadoqat bilan ishlashi, masjidlarni obodligi, namozxonlarga namunali xizmat qilishda teng bo‘lishi lozimligi haqida to‘xtaldilar.
Yig‘ilish yakunida yaqinlashib kelayotgan muborak Ramazon oyiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, masjidlardagi obodonchilik ishlariga e'tibor qaratish bo‘yicha mas'ullarga topshiriq berildi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 27/02/2024 15:26; Ko‘rilganligi: 616
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 10:56