O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Imkoniyati cheklangan shaxslar ziyorat qildilar

 
 

Samarqand viloyatida eshitish va gapirish qobiliyati cheklangan insonlar bilan diniy-ma’rifiy suhbatlar uzviy davom etib kelmoqda. Ularga Islom dinining insonparvar g‘oyalari haqida keng tushunchalar berish bilan bir qatorda ularning ijtimoiy va iqtisodiy muammolariga ham quloq tutib, imkon qadar ko‘mak berishga harakat qilinmoqda. Hafta mobaynida bir necha bor Samarqand shahridagi “Xo‘ja Is’hoq Valiy” jome masjidi imom xatibi Yo. Mansurov tomonidan shu kabi suhbatlar o‘tkaziladi. 25 mart kuni ana shunday suhbatdan so‘ng eshitish va gapirish qobiliyati cheklan 110 nafar fuqarolarga jome masjid hamda “Vaqf” xayriya jamoat fondining Samarqand viloyat filali hamkorlikda Imom Buxoriy majmuasiga sayohat tashkil qildi. Sayohatchilar dastlab muhaddislar sultoni Imom Buxoriyning qabrlarini ziyorat qilib, u zotning haqlariga tilovat va duo qilindi. Imom Buxoriyning hayoti va ilmiy faoliyati haqida so‘zlab berildi. Shundan so‘ng, Imom al-Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Hadis ilmi maktabida bo‘lib, bu yerda amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtrish ishlari bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu sayohat ularning hayotida ilk bor bo‘layotganidan hamda o‘zlariga qaratilgan e’tibordan mamnun bo‘lib, ziyorat ularning xotiralarida o‘chmas ta’surotlar qoldirganligini izhor qildilar.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 25/03/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 1339
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/imkoniyati-cheklangan-shaxslar-ziyorat-qildilar
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 16:05
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing