O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Ikki tilda so‘zlashuvchi bir xalq

 
 

2018 yil 1 mart, bahor faslining ilk kuni. O‘zbekistonning Samarqand viloyati bilan Tojikistonning So‘g‘d viloyatini bog‘lab turuvchi “Sarazm-Jartepa” (Urgut tumani) nazorat-punktida o‘zgacha bayram shukuhi.

Ushbu kunda viloyat va tuman hokimligi, ziyoliylar, imom-xatiblar, aholi vakillari guvohligida o‘n yil muqaddam yopilgan chegara nazorat punkti qayta ochildi.

Muhtaram Yurtboshimizning sa’y-harakatlari ortidan qardosh xalqlar orasida aloqani mustahkamlash, ikki davlat orasidagi hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida tashlangan navbatdagi va muhim ushbu qadam ko‘p yillardan beri xalqlarimiz orziqib kutayotgan muhim tarixiy voqea bo‘ldi.

Chegarada to‘planganlar ikki xalq o‘rtasidagi qadim-qadimdan davom etib kelayotgan do‘stlik munosabatlarida ochilayotgan yangi sahifalarning debochasiga guvoh bo‘ldilar.

Shuni ta’kidlash lozimki, o‘zbek bilan tojik ikki tilda so‘zlashuvchi bir xalq. Ushbu ikki millatni o‘zaro ajratuvchi jihatlar yo‘q, xalqlarimizni bir-biridan ayro tasavvur etib bo‘lmaydi. Ularning tafakkuri, turmush tarzi, e’tiqodi va qarashlari ham mushtarak.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 01/03/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1900
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/ikki-tilda-sozlashuvchi-bir-xalq
Chop etilgan vaqti: 18/04/2024 17:28
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing