IHT Inson huquqlari bo‘yicha doimiy komissiyasi delegatsiyasi Xo‘ja Ismoil shaharchasida
Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi hukumati tashabbusi bilan ayni kunlarda Toshkent shahrida Islom Hamkorlik Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasining oltinchi seminari bo‘lib o‘tmoqda.
Xalqaro anjuman IHTning Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasi va BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan.
Ayni vaqtda forum ishtirokchilari Samarqand viloyatiga tashrifi doirasida Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini ziyorat qilib, u zotning nomi bilan ataluvchi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati bilan tanishmoqda.
Ma'lumot uchun aytish joiz, davlatimiz rahbari IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 2016 yil oktyabr oyida Toshkent shahrida o‘tkazilgan 43-sessiyasida so‘zlagan nutqida Samarqandda aynan Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi yonida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish tashabbusini ilgari surgan va bu taklif barcha a'zo davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi.
Manba: IBXITM Matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 08/10/2019 15:59; Ko‘rilganligi: 974
Chop etilgan vaqti: 14/10/2024 23:00