IDORADA ISHLAGAN IBRATLI INSONLAR Shayx Ismoil Maxdum Sattiyev
Ismoil Sotti Oxund o‘g‘li 1908 yili Namanganda tug‘ilgan. O‘n uch yoshida Qur'oni karimni yod olgan. Namangandagi “Mulla Qirg‘iz” madrasasida tahsil ko‘rgan, tafsir, hadis, fiqh ilmlarini puxta egallagan. Bir muncha vaqt imom-xatiblik va maktabdorlik qildi.
1943 yili O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi tashkilotchilaridan biri bo‘ldi. 1952 yildan boshlab diniy boshqarmada muhtasib, Buxorodagi “Mir Arab” madrasasi mudiri, 1957 yildan umrini oxirigacha diniy idora raisining noibi va qozi vazifalarida ishladi. Qur'oni karim, diniy taqvimlar, jurnal va kitoblarni nashr etish ishlariga boshchilik qildi. “Toshkentdagi Usmon mus'hafining tarixi” kitobini arab tilida yozdi. Bu asar o‘zbek tillarida chop etilgan. Ismoil Maxdum 1976 yili vafot etgan.
“O‘zbekiston musulmonlari idorasi” kitobidan, 23-bet.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 24/10/2019 17:14; Ko‘rilganligi: 1189
Chop etilgan vaqti: 14/09/2024 22:21